“Yosh ekologlar” harakati Respublika Kengashi a’zolari tasdiqlandi
2026-04-06 12:45:00 / Yangiliklar

Kengash yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiat va inson salomatligini asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda yosh avlodning qobiliyatlaridan samarali foydalanish, yoshlarning eko-madaniy savodxonligini oshirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Kengash a'zolari fuqarolik jamiyati va demokratik davlat barpo etishda yoshlarning munosib ishtirokini ta’minlashadi, xorijlik yoshlar bilan ekologik va madaniy aloqalarni mustahkamlashadi va yil davomida ekologik aksiyalarda faol ishtirok etishadi.
Bundan tashqari, Kengash sohada malakali kadrlar zaxirasini tayyorlash, milliy-madaniy va ma'naviy qadriyatlar, tabiatdan ehtiyotkorona foydalanish kabi milliy an'analarini qayta tiklash va saqlab qolishga ko'maklashish, loyihalar, tanlovlar hamda boshqa dolzarb tadbirlarni amalga oshirish, ta'lim muassasalarida ekologiya va atrof-muhofazasi yuzasidan targʻibot ishlarini olib borish, yoshlarni sohadagi ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishga mas’ul hisoblanadi.
“Yosh ekologlar” harakati Respublika Kengashi atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan, tabiatga daxldorlik hissi shakllangan, ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan, dolzarb masalalar yuzasidan muhim yechim va takliflar bera oladigan, sohada yetarlicha bilim va tajribaga ega yosh ekologlar sinfi shakllanishiga xizmat qiladi.
